Huquqiy maʼlumot

Maxfiylik siyosati

EduGuard maktab, oʻquvchi, ota-ona va oʻqituvchini bogʻlaydigan ilova va sayt. Bu sahifada qanday maʼlumot yigʻilishi, nima uchun ishlatilishi va kim koʻrishi yozilgan. Ilova bolalar maʼlumoti bilan ishlagani uchun biz uni alohida ehtiyotkorlik bilan himoya qilamiz.

Oxirgi yangilanish: 28-sentabr, 2026

1. Maʼlumotni kim boshqaradi

Xizmat egasi (maʼlumotlar operatori): EduGuard. Maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq qayta ishlanadi.

  • Elektron pochtaeduguarduzteam@gmail.com
  • Telegram va telefon+998 95 624 77 88
  • Ilovada«Biz bilan aloqa» boʻlimi

2. Qanday maʼlumot yigʻiladi

Ilovada

  • Profil: ism-familiya, rol, maktab, sinf, telefon raqami, login, profil rasmi.
  • Taʼlim maʼlumotlari: baho, davomat, uy vazifasi, dars jadvali. Ularni maktab va oʻqituvchi kiritadi.
  • Joylashuv va harakat tarixi: faqat oʻquvchi ilovada ruxsat bergan boʻlsa.
  • Ekran vaqti (qaysi ilovada qancha vaqt oʻtgani): faqat oʻquvchi ruxsat bergan boʻlsa.
  • SOS: tugma bosilganda joylashuv. Oʻquvchi ruxsat bergan boʻlsa, old va orqa kameradan suratlar va atrof ovozi ham.
  • Yozishmalar: sinf chati va «Biz bilan aloqa» xabarlari. Telegram botiga ulansangiz, Telegram chat raqamingiz.
  • Obuna: akkaunt ID va obuna muddati. Bank kartasi maʼlumotlari EduGuard'da saqlanmaydi.
  • Texnik maʼlumot: bildirishnoma kaliti, ilova versiyasi, ilova xatolari haqida hisobot.

Saytda (eduguard.uz)

  • Cookie ishlatilmaydi.
  • Tashriflar anonim hisoblanadi: qaysi sahifa ochilgani, mamlakat va shahar, qurilma turi (telefon yoki kompyuter), qayerdan kelingani. IP manzil va shaxsni aniqlaydigan maʼlumot saqlanmaydi.
  • Saytdagi texnik xatolar (sahifa va xato matni) nosozlikni tuzatish uchun yoziladi.

3. Maʼlumot nima uchun ishlatiladi

  • Xizmat koʻrsatish: kundalik, jadval, davomat, baholar, chat.
  • Xavfsizlik: joylashuvni ota-onaga koʻrsatish va SOS xabarini yetkazish.
  • Bildirishnomalar: ilovada va Telegram'da.
  • Obunani hisobga olish.
  • Xatolarni tuzatish va xizmatni yaxshilash.

Maʼlumot reklama uchun ishlatilmaydi va sotilmaydi.

4. Bolaning roziligi

  • Joylashuv, ekran vaqti, SOS kamerasi va ovozi faqat oʻquvchi oʻz ilovasida yoqsa ishlaydi. U bu sozlamalarni istalgan payt oʻzgartira oladi.
  • Ota-ona bu sozlamalarni masofadan yoqa olmaydi. Kamera va mikrofon faqat SOS bosilganda ishlaydi.
  • Voyaga yetmagan oʻquvchi maʼlumoti ota-ona (qonuniy vakil) roziligi va maktab bilan hamkorlikda qayta ishlanadi.

5. Kim nimani koʻradi

KimNimani koʻradi
Ota-onaFarzandining baho va davomati. Joylashuv, ekran vaqti, SOS surat va ovozi — farzand ruxsati bilan.
Sinf rahbariBaho va davomat. Joylashuv — faqat oʻquvchi ruxsati bilan.
Fan oʻqituvchilariFaqat baho va davomat.
Maktab maʼmuriyatiSinflar, akkauntlar va eʼlonlar.
EduGuard jamoasiFaqat texnik yordam va xavfsizlik uchun zarur hollarda.
Boshqa hech kimMaʼlumot uchinchi shaxslarga berilmaydi va sotilmaydi (qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).

6. Xizmat provayderlari

Xizmat ishlashi uchun quyidagi provayderlardan foydalaniladi. Ular maʼlumotni faqat EduGuard nomidan va shu maqsadlar uchun qayta ishlaydi:

  • Google Firebase — maʼlumotlar bazasi, kirish (autentifikatsiya), bildirishnomalar, ilova xatolari haqida hisobot.
  • Cloudflare — server, sayt va hujumlardan himoya.
  • Telegram — agar botga ulansangiz, xabarlar Telegram orqali yetkaziladi.

7. Saqlash muddati

  • Profil va taʼlim maʼlumotlari akkaunt faol boʻlgunicha saqlanadi.
  • Joylashuv tarixi xizmat uchun zarur muddat saqlanadi.
  • Akkaunt oʻchirilganda unga bogʻliq maʼlumotlar oʻchiriladi (qarang: akkauntni oʻchirish).
  • Sayt statistikasi faqat umumlashgan raqamlar koʻrinishida saqlanadi va shaxsga bogʻlanmaydi.

8. Sizning huquqlaringiz

Siz oʻzingiz va farzandingiz haqidagi maʼlumotni koʻrish, tuzatish, oʻchirishni soʻrash va rozilikni qaytarib olish huquqiga egasiz. Buning uchun yuqoridagi manzillarga yozing yoki maktabingizga murojaat qiling.

9. Xavfsizlik

  • Barcha ulanishlar shifrlangan (HTTPS).
  • Kirish qoidalari: har bir foydalanuvchi faqat oʻziga ruxsat berilgan maʼlumotni koʻradi.
  • Server kalitlari faqat serverda saqlanadi, ilova ichida emas.
  • Muntazam xavfsizlik tekshiruvlari oʻtkaziladi.

10. Oʻzgarishlar

Siyosat oʻzgarsa, shu sahifadagi sana yangilanadi. Muhim oʻzgarishlar haqida ilovada xabar beriladi.